» » OAV: Shahzoda Charlz taxtni egallaganidan so‘ng Bukingem saroyida yashash niyatida emas

OAV: Shahzoda Charlz taxtni egallaganidan so‘ng Bukingem saroyida yashash niyatida emas


Uels shahzodasi Charlz taxtni egallaganidan so‘ng Bukingem saroyidan qarorgoh sifatida foydalanishni istamayapti. Bu haqda, qirollik oilasiga yaqin manbalarga tayanib, The Sunday Times ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Nashrga ko‘ra, Britaniya taxtining 68 yoshli vorisi o‘zini Londondagi hozirgi qarorgohi — Klarens-xausda qulay his etmoqda va Kornoull gersoginyasi Kamilla bilan keyinchalik ham shu yerda yashashda davom etish niyatida.

Shahzoda Bukingem saroyi omma uchun yanada ochiq bo‘lishi tarafdori. Hozirda mazkur qarorgohga mehmonlar qirolicha Yelizaveta II iyuldan oktabrgacha Balmoral qasrida qolgan payt tashrif buyurishi mumkin.

Charlzning o‘g‘li shahzoda Uilyam ham otasining fikriga qo‘shilishi va Bukingem saroyini zamonaviy oila uchun juda katta, saqlab turish xarajatlarini esa o‘ta qimmat hisoblashi bildirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют