» » BMT koronavirusga qarshi kurashda kambag‘al davlatlarga yordam rejasi ishga tushirilganini ma’lum qildi

BMT koronavirusga qarshi kurashda kambag‘al davlatlarga yordam rejasi ishga tushirilganini ma’lum qildi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antonio Guterrish kambag‘al mamlakatlarga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam beradigan global dastur boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Biz har qanday himoyadan mahrum bo‘lgan millionlab va millionlab odamlarga yordam berishimiz kerak”, — dedi Guterrish virtual brifingda.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, dastur BMTning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg‘armasidan 60 million dollar ajratilganidan keyin ish boshladi. Bu mablag‘ oziq-ovqat yetkazib berish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) missiyalarini hamda tibbiy xodimlar va asbob-uskunalarni tashish uchun sarflanishi kerak.

Rejaga ko‘ra, BMT Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan “havo ko‘priklari” qurishni rejalashtirmoqda. Ko‘priklar COVID-19 keng tarqalgan hududlarga kerakli mutaxassislarni yetkazib berishni tezlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, xalqaro tashkilot qochqinlar lagerlarida qo‘l yuvish uchun maxsus joylarni qurishni rejalashtirmoqda.

Pandemiyaga qarshi kurash rejasini amalga oshirish uchun BMT tomonidan yana 2 milliard dollar so‘ralmoqda. Guterrish koronavirusning himoyalanmagan mamlakatlarda tarqalishi butun dunyo uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq bosh kotib G20 mamlakatlariga pandemiya bilan kurashish uchun sanksiyalarni olib tashlashni so‘rab murojaat qilgan. Ushbu qadam muhtoj odamlarning zarur tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari olish imkoniyatini yaxshilashi mumkin.

Mavzuga doir: Ilon Mask koronavirusni davolash yo‘lida sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatmoqda

Avvalroq JSST koronavirus pandemiyasining tarqalishi tezlashganini ma’lum qilgan edi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa 2020-yilda jahon iqtisodiyotini 2008-yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutayotganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: IT-kompaniyalar koronavirusga qarshi: Apple va Facebook millionlab niqoblarni xarid qilmoqda, Amazon esa ofitsiantlarni ishga yollayapti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют