» » Tramp: AQSh va Rossiya o‘rtasida hammasi yaxshi bo‘ladi

Tramp: AQSh va Rossiya o‘rtasida hammasi yaxshi bo‘ladi


Prezident Donald Tramp AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda hammasi yaxshi bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“AQSh va Rossiya o‘rtasida hammasi yaxshi bo‘ladi. O‘z vaqtida hamma o‘ziga keladi va hammasi joyiga tushadi”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stolstenberg bilan bo‘lgan matbuot anjumanida Tramp Rossiya “kuchli”, AQSh esa “juda-juda kuchli mamlakat” ekanligini aytgan edi.

Tramp, shuningdek, Vladimir Putin bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyatini “ajoyib” ekanligini qayd etdi. U “barcha bilan murosaga kelishni xohlashi”ni ham aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv yakuni bo‘yicha fikr bildirish chog‘ida Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar darajasi “eng past nuqtada” ekanligini va ishonchni qayta tiklash lozimligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют