» » Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar endi jinoiy javobgarlikka tortiladi

Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar endi jinoiy javobgarlikka tortiladi


Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qilgan.

Xabarda, jumladan, shunday deyiladi: “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida aholi orasida asossiz vahima tarqalishining oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mutasaddi idoralarning normal faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish maqsadida Jinoyat kodeksi 244-(5)-modda bilan to‘ldirildi.

Unda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish:

Mazkur ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV, shuningdek, internet orqali tarqatish:

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga doir: 

Avval Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzgan ikki choyxonachi va bir “qochoq” jarimaga tortilgani, shuningdek, AOKAning Telegram kanali egalariga ogohlantirish yuborilayotganini izohlagani, agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonovning koronavirus haqida yolg‘on axborot tarqatganlarga qonunchilikda qanday jazo tayinlanishini eslatgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют