» » Shavkat Mirziyoyev dronlardan noqonuniy foydalanganlarni ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev dronlardan noqonuniy foydalanganlarni ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Ushbu qonun loyihasini 6-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qabul qilgan, 28-fevralda Senat ma’qullagan.

Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.

Mazkur harakatlar og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar olti oydan so‘ng kuchga kiradi.

O‘zbekistonda 2015-yil 1-yanvardan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgan. Faqat ruxsatnomasi bor alohida yuridik shaxslargina dronlardan foydalanishi mumkin.

2018-yil may oyida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, xususan, dronlarni olib kirishga vaqtincha ruxsat berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют