» » Qozog‘iston poytaxti aholisi daryo bo‘yiga uyi yo‘qlar uchun mahsulotlar to‘ldirilgan paketlar tashlab ketmoqda (foto)

Qozog‘iston poytaxti aholisi daryo bo‘yiga uyi yo‘qlar uchun mahsulotlar to‘ldirilgan paketlar tashlab ketmoqda (foto)


Bu haqidagi ma’lumot ilk bor Instagram’dagi “Eto_astana_detka” guruhida paydo bo‘lgan. “Kenesari haykali atrofidagi qirg‘oqlarda ostonaliklar tomonidan uyi yo‘qlar va muhtojlar uchun oziq-ovqat hamda antiseptik solingan paketlar tashlab ketilmoqda”, – deyilgan ma’lumotda.

Yozuvga fotosuratlar ham ilova qilingan, ushbu xayriya aksiyasi tashkilotchilari hamshaharlarini karantin va favqulodda holat davrida “Bardam bo‘l, birodarim” shiori ostida qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlagan.

Qozog‘istonning “Tengrinews” muxbiri daryo bo‘yidagi ushbu joylarga borgan, biroq ushbu paketlarni noma’lum sabablarga ko‘ra topa olmagan.

Avval Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallangan bemorning vafot etgani va bu mamlakatda COVID-19 keltirib chiqargan birinchi o‘lim holati bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Nur-Sulton va Olmaota ko‘chalarida 3 kishidan ortiq odam to‘planishi taqiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют