» » Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov kambag‘allikni qisqartirish vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov kambag‘allikni qisqartirish vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi


Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi sababli o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ilhom Norqulov o‘rnini Markaziy bank rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Botir Zohidov egalladi.

Ilhom Norqulov 2018-yilning aprelida O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Norqulov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetida tahsil olgan. Glazgo universitetida (Buyuk Britaniya) “Iqtisodiy rivojlanish” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.

Iqtisodiyot vazirligi tizimida va ishlab chiqarish sohasida ish tajribasiga ega.

Markaziy bankdagi faoliyatini 2010-yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan, 2013—2018-yillarda Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga aylantirilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют