» » O‘zbekistonda karantin davrida uydan ishlashga o‘tkazilgan xodimning ish haqi qay tartibda to‘lanadi?

O‘zbekistonda karantin davrida uydan ishlashga o‘tkazilgan xodimning ish haqi qay tartibda to‘lanadi?


O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokamasi portaliga “Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Nizom tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning xodimlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Nizomga muvofiq koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar amalga oshirilayotgan davrda ish beruvchilar xodimlarining roziligi bilan masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazishi mumkin.

Masofadan ish – xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish.

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlashini hisobga olgan holda u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Unga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek, tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilmaydi.

Masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

Xodimni masofaviy ishga o‘tkazilganda uning ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonunchilikda va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlar saqlab qolinadi.

Ish vaqti rejimining o‘zgarishi, shu jumladan, ishning boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek, to‘liqsiz ish vaqtining o‘rnatilishi mehnat sharoitining o‘zgarishi hisoblanadi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish quyidagilarni nazarda tutishi mumkin:

Moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan qo‘shimcha mehnat shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:

Xodimni to‘liqsiz ish vaqtiga vaqtinchalik o‘tkazilishida:

Xodimning xohishiga ko‘ra va ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharoitiga o‘tkazilishi mumkin.

Uyda ishlash – tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodim yashash joyi bo‘yicha yoki unga yoki uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishni anglatadi.

Uyda ishlashni tashkil etishga, xodimning yashash joyidagi mehnat shartnomasiga muvofiq uyda ishlashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan binolar, shu jumladan, turar joy binolari bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Uyda ishga o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

Uyda ishlashga o‘tkazilgan xodimning ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili huquqi saqlab qolinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 27-mart holatiga ko‘ra 8 nafarga ko‘payib, 83 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют