» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 23 nafari virusni xorijda, 60 nafari mamlakatning o‘zida yuqtirgan

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 23 nafari virusni xorijda, 60 nafari mamlakatning o‘zida yuqtirgan


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 83 nafar fuqarodan 23 nafari xorijda bo‘lib qaytgan, 60 nafar bemor esa ular bilan muloqotda bo‘lgani sababli virusni yuqtirib olgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda mamlakatda koronavirusni yuqtirib olgan 83 kishining 35 nafarini erkaklar, 48 nafarini esa ayollar tashkil etadi. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalar hisoblanadi.

Yosh jihatdan qaralganda, 0—9 yoshgacha — 5 nafar, 10—19 yoshgacha — 2 nafar, 20—29 yoshgacha — 24 nafar, 30—39 yoshgacha — 17 nafar, 40—49 yoshgacha — 16 nafar, 50—59 yoshgacha — 11 nafar, 60—69 yoshgacha — 7 nafar hamda 70—79 yoshgacha bo‘lganlar 1 nafarni (miokard infarktdan vafot etgan ayol) tashkil etadi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, hozirga qadar Fransiya, Turkiya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni hamda Shveysariyada bo‘lib qaytgan 23 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 60 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin muloqotda bo‘lgani sababli virusni yuqtirib olgan.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 6 nafari Farg‘ona, 5 nafari Namangan va 3 nafari esa Andijon viloyatlaridagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanmoqda.

Joriy yilning 22-mart kuni Istanbul—Buxoro charter reysida O‘zbekistonga olib kelinib, karantinga olingan fuqarolar orasidan Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlaridan bo‘lgan 3 kishida ham koronavirus aniqlangan. Ayni paytda ushbu bemorlar Buxoro viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada davolanmoqda. Qolgan bemorlar esa Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26-mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning 11 nafari Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining xodimlari ekanligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют