» » Rivaldo: “Barselona” Neymarni ortga qaytarishi shart

Rivaldo: “Barselona” Neymarni ortga qaytarishi shart


“Barselona”ning sobiq futbolchisi Rivaldo “Inter” hujumchisi Lautaro Martines va PSJ forvardi Neymarning kataloniyaliklar klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

“Men ancha vaqtdan buyon Neymarga ishonishim haqida aytib kelaman. Balki u “Barselona”dan ketib xato qilgandir, biroq uni 222 million yevrodan kamiga qo‘lga kiritishning iloji bo‘lsa, klub bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligi shart.

Neymar hali juda ko‘p o‘yinlar o‘tkazdi. U endigina 28 yoshga to‘ldi. U jamoa uchun ajoyib xarid bo‘ladi, chunki “Barselona” klubni yaxshi biladigan va o‘yinlarda farqni yuzaga keltira oladigan xarakterga ega o‘yinchiga ega bo‘ladi. Leo Messi bilan birga to‘p surish uni qo‘rqitmaydi va argentinalik futbolchi ham bajonidil uning qaytganini qabul qiladi.

“Barselona” Lautaro Martinesni “Inter”dan sotib olishi mumkinligi haqida aytilmoqda, biroq 22 yoshli hujumchi hali o‘sishi va tajriba to‘plashi lozim. U allaqachon “Inter”ning muhim o‘yinchisiga aylandi va kelajakda Lautaro top-futbolchi bo‘lib yetishishi mumkin. Biroq ayni damda u “Barselona”ga o‘tishga tayyor emas.

“Barselona” hozir Neymarni qaytarishga va o‘sha mashhur hujum uchligini qayta tiklashga e’tibor qaratishi lozim. Jamoa Neymarni qo‘lga kiritish uchun bor pulini berishi kerak, chunki PSJ hozirda real takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

O‘ylashimcha, u PSJga o‘tib ketgani uchun muxlislardan kechirim so‘raydigan bo‘lsa barchasi izga tushib ketadi. Neymar o‘zining aqlbovar qilmas o‘yini bilan ishqibozlar mehrini yana qozona oladi”, — deydi Rivaldo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют