» » Messi “Barselona” rahbariyatiga shart qo‘ydi

Messi “Barselona” rahbariyatiga shart qo‘ydi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi hozirda PSJ safida harakat qilayotgan Neymar jamoaga qaytarilsagina kataloniyaliklar klubida qolishga tayyor.

El Confidencial’ning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi jamoada o‘zini baxtli his etmayapti. Unga “Barselona”ning qayd etayotgan natijalari va Ernesto Valverdening iste’foga chiqarilgani yoqmayapti. Messiga yangi motivatsiya beradigan yagona chora Neymarning jamoaga qaytarilishi bo‘lib qolmoqda. Braziliyalik futbolchi 2013—2017-yillar oralig‘ida “Barselona”da to‘p surgandi.

Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, klub tizimida 2001-yildan buyon harakat qilib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

Neymar 2017-yilning yozida 222 million yevro evaziga PSJga o‘tib ketgandi. O‘tgan davr mobaynida braziliyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safiga qaytishga bir necha bor urinib ko‘rdi, biroq ular samarasiz yakunlangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют