» » O‘zbekistonning tashqi qarzi 24,4 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 24,4 mlrd dollarga yetdi


O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 24,4 milliard dollarni tashkil etdi hamda 2019-yil boshiga nisbatan 40,9 foizga yoki 7,1 milliard dollarga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bankning yillik to‘lov balansi sharhida ma’lum qilingan.

Markaziy bank o‘tgan yilda davlat qarzining ortishini iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi tashqi qarzlarning jalb qilingani bilan izohladi.

2019-yil davomida qarzlarning ko‘payishi asosan davlat sektorida kuzatilgan bo‘lib, olingan qarz miqdori 5,7 milliard dollarni tashkil etgan, shundan 1 milliard dollari xalqaro obligatsiyalar hisoblanadi.

Xususiy sektorning qarzlari banklar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida 1,4 milliard dollarga ko‘paydi.

2019-yilda xususiy sektor umumiy qiymati 2,8 milliard dollarga teng qarzlarni jalb qildi. Asosiy qarz oluvchilar banklar — 2,1 milliard dollar, neft-gaz va energetika kompaniyalari — 208,2 million dollar, to‘qimachilik — 131 million dollar va boshqa sohalardagi korxonalar — 391,2 million dollar.

O‘tgan yilda davlat mos ravishda 451,5 million dollar va 294,7 million dollar miqdoridagi asosiy qarz va foizlarni to‘lagan. Xususiy sektorning tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlari asosiy qarz sifatida 1,5 milliard dollarni va foizlar bo‘yicha 411,8 million dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, neft-gaz, energetika va bank sektoridagi korxonalar asosiy to‘lovlar va foizlar bo‘yicha ham eng ko‘p to‘lovlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 milliard dollarni tashkil etdi. Mazkur davrda O‘zbekiston bir milliard dollarlik oltin sotdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют