» » Meksikada karantindagi erkak chips sotib olish uchun itini do‘konga yubordi

Meksikada karantindagi erkak chips sotib olish uchun itini do‘konga yubordi


Meksikada yashovchi erkak uy karantinida bo‘lgan vaqtida do‘kondan oziq-ovqat sotib olishning antiqa usulini o‘ylab topdi, deb yozadi Daily Mirror.

Antonio Munyosning aytishicha, karantin paytida do‘konga oziq-ovqat sotib olish uchun uning chixuaxua zotiga mansub iti boradi.

Erkak karantinning uchinchi kunida itining bo‘yinbog‘iga xaridor uchun xat va pul bog‘lab, uni do‘konga yuborgan.

“Iltimos, itimga Cheetos chipslaridan biroz berib yuborsangiz. Qizilidan emas, sariq ranglisidan bering, qizili juda achchiq. Itimning bo‘yinbog‘ida 20 dollar bor. Aytib qo‘yay, itimni xafa qilsangiz, u sizni tishlab oladi”, — deb yozdi erkak qog‘ozga.

Antonioning so‘zlariga ko‘ra, iti ushbu vazifani ado etishga ketayotganida biroz asabiylashgan. Birozdan so‘ng esa u paketga solingan chipslarni tishlab ortga qaytgan.

Antonio o‘zi xohlagan chipslarni olgan.

Ma’lumot uchun, chixuaxua dunyodagi eng mitti it turi hisoblanadi. Ularning bo‘yi uzunligi odatda 15 santimetrdan 23 santimetrgacha bo‘ladi. Og‘irligi esa uch kilogrammdan oshmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют