» » Otabek Shukurov karantin vaqtida muhtoj oilalarga yordam berish uchun 100 mln so‘m xayriya qildi

Otabek Shukurov karantin vaqtida muhtoj oilalarga yordam berish uchun 100 mln so‘m xayriya qildi


BAAning “Sharja” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yazaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga yordam berish maqsadida 100 million so‘m ajratdi.

Shukurov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zdi, deya xabar qilmoqda “Championat.asia”. Otabek 100 million so‘mga kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilgan va uni karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga tarqatadi.

Avvalroq “Qizilqum” klubi 10 ming dona tibbiyot niqoblarini Navoiyning gavjum joylari va mehribonlik uyida bepul tarqatgan edi.

28-mart holatiga O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda. Qurbonlar soni ikki nafarga yetgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют