» » NFL klublari va futbolchilari koronavirusga qarshi kurash uchun 35 mln dollar xayriya qildi

NFL klublari va futbolchilari koronavirusga qarshi kurash uchun 35 mln dollar xayriya qildi


Milliy futbol ligasi (NFL, Amerika futboli) klublari, ularning egalari va o‘yinchilari koronavirusga qarshi kurash uchun 35 million dollardan ortiq mablag‘ni xayriya qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Ko‘rsatilgan yordam 10 dan ortida tashkilotlarga yo‘naltirilgan. Ular qatorida veteranlar, bolalar hamda muhtojlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi “Qizil Xoch” jamiyati ham bor.

NFL bundan tashqari turli xil yordam dasturlarini ham ishga tushirgan. Unda klub futbolchilari faol ishtirok etmoqda. O‘yinchilar odamlarni uyda qolib, koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga chorlamoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronaviursni yuqtirib olganlar soni esa 531,7 ming kishidan oshgan. Vafot etganlar soni esa 24 ming kishidan oshib ketgan.

O‘zbekistonda esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 83 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 23 nafari xorijda bo‘lib qaytgan, 60 nafar bemor esa ular bilan muloqotda bo‘lgani sababli virusni yuqtirib olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют