» » “Hizbulloh” harakati koronavirusga qarshi kurashda Livan hukumatiga yordam beradi

“Hizbulloh” harakati koronavirusga qarshi kurashda Livan hukumatiga yordam beradi


“Hizbulloh” siyosiy va terrorchilik tashkiloti Livan hukumati va Sog‘liqni saqlash vazirligiga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash yo‘lida yordam berish maqsadida 24 mingdan ortiq shifokor, hamshira va volontyorlarni tayyorladi. Bu haqda “Hizbulloh” ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiuddinga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“‘Hizbulloh’ning koronavirusga qarshi kurash rejasidan 1,5 ming shifokor, 3 ming nafar tibbiyot xodimi, 5 ming nafar sog‘liqni saqlash sohasidagi xodim va 15 ming volontyor o‘rin olgan. Jami 24 500 kishi sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish vazifalarini bajaradi”, — deyiladi xabarda.

“Hizbulloh” harakati vakilining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga bog‘liq vaziyatning bir necha ssenariysi ko‘rib chiqilmoqda va barcha harakatlar hukumat hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan muvofiqlashtirilgan holda olib boriladi. “Sog‘liqni saqlash vazirligining har qanday ehtiyoji, u shifoxonalar tayyorlash bo‘ladimi yoki malakali kadrlar yetishmovchiligi bo‘ladimi, biz ta’minlashga tayyormiz”, — deydi Safiuddin.

Ta’kidlanishicha, “Hizbulloh” tomonidan Bayrutda virus bilan kasallanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida ikkita shifoxona tayyorlangan, favqulodda holatlar uchun xususiy klinikalar ijaraga olib qo‘yilgan. “Biz koronavirus bilan kasallanganlarni tashish uchun 100 ta transport vositasini tayyorlab qo‘ydik, ularning 25 tasi sun’iy nafas oldirish qurilmasi bilan jihozlangan deydi”, — “Hizbulloh” vakili.

Eslatib o‘tamiz, yangi turdagi koronavirus oqibatida butun dunyo bo‘ylab vafot etganlar soni 24 ming kishidan oshdi. AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus yuqtirib olganlar soni 83 kishiga yetgan, yetti nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют