» » “Bunyodkor” yetakchilaridan biri Otabek Shukurov erkin agent maqomida “Sharja” bilan shartnoma imzoladi

“Bunyodkor” yetakchilaridan biri Otabek Shukurov erkin agent maqomida “Sharja” bilan shartnoma imzoladi


Yarim himoyachi Otabek Shukurov faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishga qaror qildi. Amirlik chempionatida ishtirok etuvchi 12 klub orasida 9-o‘rinni egallab turgan “Sharja” Otabek Shukurov bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosining “Bunyodkor” bilan shartnomasi o‘z yakuniga yetgan. Shu boisdan ham Shukurov yangi jamoasi bazasiga erkin agent sifatida yo‘l olgan. Amirlik chempionatida milliy termaning yana ikki futbolchisi — Aziz Haydarov hamda Sardor Rashidov ham to‘p suradi.

“Mash’al” futbol akademiyasidan yetishib chiqqan futbolchi “Bunyodkor”dagi o‘yinlari orqali tanildi. Toshkent grandi Eldor Shomurodov hamda Otabek Shukurovni bir vaqtda sotib olgandi. Hujumchi faoliyatini Rossiyaning “Rostov” klubida davom ettirishga qaror qilgan bo‘lsa, Shukurov BAA ligasini afzal ko‘rdi.

Ortda qolgan 11 ta turdan keyin “Sharja” 10 ochko bilan kifoyalanib turibdi. Klub safida Shukurovdan tashqari chililik Sezar Pinares, braziliyalik Velliton hamda Vagner Vieyra legioner maqomida to‘p tepadi. Qayd etish kerak, Sardor Rashidov jamoasi “Al-Jazira” BAA chempionatida 5-o‘rinni, Haydarovning “Ajman” klubi esa 7-o‘rinni egallab turibdi.

“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, Otabek Shukurov bilan shartnoma imzolagan “Sharja” klubida 5 yil muqaddam o‘zbekistonlik Timur Kapadze ham o‘ynagan. Kapadze Sharjadagi faoliyatini qoniqarsiz deb biladi. Keyinroq bir nechtagina o‘yinda maydonga tushgan Kapadze, Qozog‘iston klubiga o‘tib ketishni afzal bilgandi.

Ma’lumot uchun, Kapadze “Sharja” bilan shartnoma imzolaganida 31 yoshda bo‘lgan. Shukurov esa 22 yoshida mazkur klub variantida to‘xtaldi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют