» » Koronavirusning O‘zbekistondagi ikkinchi qurboni — shifokor. U o‘zini uyda davolashga uringan

Koronavirusning O‘zbekistondagi ikkinchi qurboni — shifokor. U o‘zini uyda davolashga uringan


O‘zbekistonda 28-mart soat 15:00 holatiga koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda. 28-mart kuni 39 yoshli bir nafar erkak bemorda o‘lim holati qayd etildi.

Vafot etgan bu bemor, Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyadan O‘zbekistonga birinchi kasallikni olib kelgan bemor ayol bilan muloqotda bo‘lgan.

“U o‘z kasalligini dastlab bilgan bo‘lsa-da, o‘zi vrach bo‘la turib, yurtimizda olib borilayotgan shuncha targ‘ibot ishlariga qaramay, shifokorlarga murojaat etmay, uyida yashirincha o‘zicha davolanishga uringani ma’lum bo‘lgan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

U kasallikning og‘ir davri boshlangandan so‘nggina, 26-mart kuni Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga tez yordam xizmati orqali yotqizilgan. 27-mart kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga o‘tkazilgan.

“Shu o‘rinda barchani tashvishga soladigan bir jihat bor: bu bemor uyida bo‘lgan paytda qancha odamlar u bilan muloqot qilgan, muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olganlar o‘z navbatida yana qancha insonlarga tarqatgan”, — deyiladi vazirlik axborotida. U aynan qancha odam bilan muloqotda bo‘lgani, 26-martga qadar karantinda bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют