» » Rossiyada bir sutkada 228 kishida koronavirus aniqlandi

Rossiyada bir sutkada 228 kishida koronavirus aniqlandi


Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida mamlakatning 26 hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq jami 228 ta yangi holat aniqlandi, deya xabar bermoqda Meduza.

Ushbu holatlarning 114 tasi Moskva shahrida, 36 tasi Moskva viloyatida, 11 tasi Sankt-Peterburgda aniqlangan. Kasalxonadan uyiga javob berilgan bemorlar soni 49 nafarga, koronavirus oqibatida vafot etganlar soni esa besh nafarga yetgan.

Shunday qilib, Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlar soni 1264 taga yetdi. Kasallanish holatlari mamlakatning 62 ta hududida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 28-mart Toshkent vaqti bilan 20:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 104 ta holat qayd etilgan, ikki bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют