» » “Arsenal” uy stadioni yoniga Vengerning haykalini o‘rnatadi

“Arsenal” uy stadioni yoniga Vengerning haykalini o‘rnatadi


Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts” stadioni yoniga jamoa sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerga atab haykal o‘rnatadi, deya xabar qilmoqda The Athletic.

Vengerning 22 yillik mehnatini inobatga olgan holda va mutaxassis bilan o‘rtadagi keskinlikni yumshatish maqsadida “Arsenal” rahbariyati stadiondan uzoq bo‘lmagan joyga uning haykalini o‘rnatmoqchi. Haykalni yasash ishlari boshlab yuborilgan. “Arsenal” bronza haykal o‘rnatishdan tashqari “Emireyts” tribunalaridan biriga Venger nomini bermoqchi.

70 yoshli mutaxassis 1996—2018-yillar mobaynida londonliklar klubini boshqarib keldi. Venger “Arsenal” bilan umumiy 17 ta sovringa ega chiqdi — APL (3 marta), Angliya Kubogi (7) va Angliya Superkubogi (7). Avvalroq Venger FIFA tashkilotidagi ish boshlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют