» » Karantin sabab dunyoning bo‘shab qolgan shaharlarida hayvonlar sayr qilmoqda

Karantin sabab dunyoning bo‘shab qolgan shaharlarida hayvonlar sayr qilmoqda


Hindistonda joylashgan Gurgaon shahrining markaziy ko‘chalarida — savdo markazlari, tungi klublar, g‘arb kompaniyalarining ofislari joylashgan hududlarda sigirlar sayr qilib yuribdi. Newsflare ushbu holat tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Shuningdek, yana bir rolik joylashtirilgan bo‘lib, u Tailandning Krabi provinsiyasidagi Kong orolida tasvirga olingan. Plyaj bo‘ylab turistlar o‘rniga uzunligi uch metr, og‘irligi 80 kilogrammga yetadigan echkemarlar sayr qilib yuribdi.

Amerikaning KDVR telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Boulder shahri politsiyasiga ikki kun ichida bir necha qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, shaharliklar ko‘chada pumalar aylanib yurganini ma’lum qilgan.

Avvalroq karantin sabab Venetsiyadagi kanallarda baliq va delfinlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют