» » O‘zbekistonda karantin davrida avtomobillarga maxsus ruxsatnomani olish tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda karantin davrida avtomobillarga maxsus ruxsatnomani olish tartibi ma’lum qilindi


Adliya vazirligi ko‘chalarda harakatlanish maqsadida avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnomani olish Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan berilishini ma’lum qildi. Ruxsatnomalar berish tizimi 29-mart, yakshanba, soat 09:00 dan joriy etiladi.

Maxsus ruxsatnoma markazga tashrif buyurishdan oldin, oldindan telefon qilib, ma’lumotlar operator tomonidan to‘ldirilganidan so‘ng qabul qilinadi.

“Avvaldan ro‘yxatdan o‘tmagan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi”, – deyiladi vazirlik xabarida. Qo‘shimcha qilinishicha, birinchi navbatda oziq-ovqat va dori-darmon tashuvchi yuridik shaxslarning, keyin esa jismoniy shaxslarning arizalari qabul qilinadi.

Maxsus ruxsatnoma olish uchun Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Davlat xizmatlari markazlarining ro‘yxati:

Toshkent shahri:

Toshkent viloyati: Nurafshon shahri (70) 762-63-47;

Andijon viloyati: Andijon shahri (74) 223-03-03, (74) 223-00-30

Buxoro viloyati: Buxoro shahri (65) 223-21-45;

Navoiy viloyati: Navoiy shahri (79) 210-11-48;

Namangan viloyati: Namangan shahri (69) 227-00-32, (69) 227-00-31;

Jizzax viloyati: Jizzax shahri (72) 226-33-23, (72) 226-33-22;

Sirdaryo viloyati: Guliston shahri (67) 225 83 41, (67) 225 28 22;

Samarqand viloyati: Samarqand shahri (66) 237-70-39;

Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahri (73) 241-85-49;

Xorazm viloyati: Urganch shahri (62) 224-75-62, (62) 224-73-47;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahri (61) 222-70-35, (61) 222-70-96;

Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri (91) 4730030, (91) 6357201;

Surxondaryo viloyati: Termiz shahri (76) 225-19-08.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. Xususan, 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют