» » “Abituriyentlar ruxsatnomasi”ni 24/7 rejimida Davlat xizmatlari markazlari orqali olish mumkin

“Abituriyentlar ruxsatnomasi”ni 24/7 rejimida Davlat xizmatlari markazlari orqali olish mumkin


20-iyuldan boshlab “Abituriyentlar ruxsatnomasi” topshirilishiga start berildi. Ushbu hujjatni olish uchun maxsus http://ruxsatnoma.dtm.uz platformasi ishga tushirilgan, bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar qiladi.

Biroq, mazkur saytdan foydalanish ko‘nikmasi mavjud emasligi, ayrim chekka hududlarda aloqa sifati yetarli darajada bo‘lmaganligi abituriyentlarda imtihon o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqidagi ma’lumotlarni olishga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Bu borada Davlat xizmatlari markazlari sizga yordam berishga hamisha tayyor, deyiladi xabarda.

Endilikda ushbu ruxsatnomani muqobil ravishda olish uchun kun-u tun, (hattoki dam olish kunlarida ham) DXMlar orqali tezkor tarzda “Abituriyentlar ruxsatnomasi”ni olish imkoniga egasiz. Ruxsatnomani hujjat topshirgan hudud va oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar o‘zingizga qulay bo‘lgan DXMdan olishingiz mumkin.

Ushbu xizmat mutlaqo bepul ko‘rsatiladi.

“Abituriyentlar ruxsatnomasi”ni, shuningdek joylardagi Qabul komissiyalari orqali olish ham mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют