» » Andijon, Namangan va Farg‘onada yerosti silkinishlari sezildi

Andijon, Namangan va Farg‘onada yerosti silkinishlari sezildi


O‘zbekistonning sharqiy hududlarida 29-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:41 da yer silkinishi qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila qo‘shni Qirg‘izistonda yuz bergan — epitsentr Toshkentdan 311,89 kilometr, Andijondan 63 kilometr, Namangandan 107 kilometr va Farg‘onadan 128 kilometr masofada joylashgan. Magnitudasi 4,5 ga teng, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Qayd etishlaricha, yer silkinishlari kuchi Andijon va Namangan shaharlarida 3 ballni, Farg‘ona shahrida esa 2 ballni tashkil etgan.

Avvalroq, 26-mart kuni Toshkent vaqti bilan 09:44 da O‘zbekiston—Tojikiston chegarasi yaqinida yuz bergan zilzila kuchi Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan boshqa O‘zbekistonning qolgan barcha hududlarida sezilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют