» » Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qildi

Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qildi


Xitoy ichkarisida koronavirus infeksiyasining tarqalishini, umuman olganda, to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi rasmiy vakili Mi Fen ma’lum qildi.

Mining ta’kidlashicha, mamlakat ichkarisida koronavirusga chalingan va hali ham kasallikdan aziyat chekayotganlar soni uch ming kishidan oshmaydi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi

Kelgusida kasallik o‘choqlari qayta paydo bo‘lmasligi uchun hukumat yangi kasallanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda izolyatsiya qilishni davom ettirmoqchi, deya qo‘shimcha qildi Mi.

COVID-19 ga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holatlar 2019-yil dekabri oxirida Uxan shahrida qayd etilgan edi. Oradan bir oy o‘tib bemorlar soni bir necha yuz kishiga yetdi, hukumat Uxan va yana bir necha qo‘shni shaharni karantinga yopdi. Cheklov choralarining aksariyati mart oyi davomida bekor qilindi.

Xitoyda jami 82 ming kishi koronavirusga chalindi, 3,3 ming bemor vafot etdi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish cho‘qqisi fevral oyi o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют