» » “Barselona” koronavirus sabab 100 mln yevro zarar ko‘radi

“Barselona” koronavirus sabab 100 mln yevro zarar ko‘radi


“Barselona” koronavirus pandemiyasi sabab jiddiy moliyaviy zarar ko‘rishi mumkin, deya xabar qilmoqda Marca.

Qayd etilishicha, klub 100 million yevro miqdorida zarar ko‘rishini bashorat qilmoqda, bu 2019/20-yilgi mavsum daromadining 10 foizini tashkil etadi.

Aynan shu sabab katalon klubi futbolchilardan maoshni 70 foizgacha qisqartirishni so‘ragan. Bu klubga 106 million yevro tejab qolish imkoniyatini taqdim etadi.

Avvalroq “Barselona” futbolchilari maoshning kamayishiga qarshi chiqayotgani xabar qilingandi.

Ispaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 80 mingdan oshib ketdi. 6800 dan ortiq kishi virus oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют