» » Lionda tartibsizlik keltirib chiqargan turkiyalik muxlislar Fransiyaga Germaniya orqali yetib kelgan

Lionda tartibsizlik keltirib chiqargan turkiyalik muxlislar Fransiyaga Germaniya orqali yetib kelgan


Fransiyaning “Lion” klubi prezidenti Jan-Mishel Olyas Yevropa ligasidan joy olgan “Beshiktosh”ga qarshi o‘yin oldidan kelib chiqqan tartibsizlik bo‘yicha izoh berdi, deb yozdi “Chempionat” nashri.

Bir qator muxlislarimiz jiddiy jarohat oldi. Turkiyalik muxlislar pirotexnika vositalarini uloqtira boshlagach, ularda stadionga yugurib chiqishdan o‘zga yo‘l qolmagandi. Yo‘qsa ular haqiqiy tuzoqda qolib ketishi mumkin edi.

Tartibsizlik keltirib chiqargan muxlislar juda yaxshi uyushgandi. Ularning ayrimlari o‘yinni ko‘rish uchun Germaniyadan yetib kelgan. Vaholanki, ular rasman bu yerda bo‘lishi kerak emasdi. Biroq kimdir ularga chipta sotgan.

Men “Lion”dagi bu voqeadan keyin o‘yin o‘tishiga umuman ishonmay ham qo‘ygandim. Shunga qaramay, biz muxlislarni o‘yin o‘tadi deb tinchlantirishga urindik. Mana shu ishimiz uchun biz ikkinchi bo‘limda mukofotlandik. Taqdir bizga shu yo‘l bilan g‘alaba tortiq qildi. Biz bu bilan shakllangan klub ekanimizni isbotlay oldik.

Jan-Mishel Olyas, “Lion” prezidenti

Fransiya nashrlarining qayd etishicha, vaziyat qaltis bo‘lishiga qaramay klub prezidenti muxlislar qochayotgan tribunaga qarab yo‘l olgan va vaziyatni nazorat qilishga uringan. Shunday bo‘lsa-da, fransiyalik bir qator muxlislar stadiondan qochib chiqishga ulgurgandi.

Jean-Michel #Aulas, accompagn? de ses grosses couilles sa m?re, tente de r?gler la situation au Virage Sud pic.twitter.com/tveVSkEQd6

— Inside Gones (@InsideGones) April 13, 2017

“Beshiktosh” muxlislari keltirib chiqargan tartibsizlikka qaramay, o‘yin kechroq bo‘lsa-da bo‘lib o‘tdi va unda “Lion” so‘nggi o‘n daqiqada urilgan ikki gol sabab irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi — 2:1.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют