» » Massimiliano Allegri: Endi butun Yevropa “Yuventus”ni hurmat qiladi

Massimiliano Allegri: Endi butun Yevropa “Yuventus”ni hurmat qiladi


“Yuventus” — “Barselona” o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Biz ajoyib o‘yin o‘tkazganimizni tushunish kerak. Biz himoyada ham, hujumda ham a’lo o‘yin namoyish qildik. Bu yarim final uchun birinchi qadam edi, ikkinchisi esa umuman boshqacha bo‘ladi.

Men orzumand insonman, shuningdek, pragmatik va realistman ham. Biz o‘sish jarayonidamiz. Bir necha yil davomida yigitlar bilan oldinga katta qadam tashlay oldik. “Yuventus” shu vaqtga qadar Yevropani hurmat qilardi, endi butun Yevropa bizni hurmat qiladi. Bu uch yillik faoliyatimdagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Massimiliano Allegri, “Yuventus” bosh murabbiyi

“Yuventus” ustozi “Barselona”ga qarshi futbolchilari qanday harakat qilganiga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda biz raqibni xato qilishga majbur etib turdik. Biroq so‘nggi pas oldidan o‘zimizda ham xatolar bo‘ldi. Ikkinchi o‘yin oldidan buning ustida ishlashimiz kerak.

“Yuventus”ning har bir futbolchisi raqibga o‘yin bermaslikka intildi. Biz kesib o‘tuvchi paslarni yo‘qqa chiqarishga urindik, chunki to‘p Messi, Suares yoki Inyestada bemalol qolib ketishiga yo‘l qo‘yib berishni istamasdik.

Qaysidir daqiqalarda vertikal futbol namoyish qilishga harakat qildik. O‘tkir hujumlar tashkil qila oldik, vaholanki bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Yigitlar muxlislar quvonchiga sabab bo‘la olishdi, biroq biz reallikdan mutlaqo chekkinmasligimiz kerak. Chunki “Peskara”ga qarshi tayyorgarlik ko‘rib, skudetto uchun kurashmog‘imiz ham kerak.

Baxtimga, qo‘l ostimdagi tarkibdan ko‘nglim to‘q. Javob o‘yinida bugun to‘p surmagan yigitlar asosiy figura bo‘lishi ham mumkin. Dibalaga esa alohida ehtirom, bugun u o‘zining buyuk o‘yinlaridan birini namoyish qila oldi.

Massimiliano Allegri, “Yuventus” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Yuventus” klublarining “Kamp Nou”dagi javob o‘yini 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют