» » Fransiyada qochoqlar lagerida yuz bergan tartibsizlik oqibatida 10 kishi jabrlandi

Fransiyada qochoqlar lagerida yuz bergan tartibsizlik oqibatida 10 kishi jabrlandi


Fransiya shimolidagi Dyunkerk chekka qismida joylashgan qochoqlar lagerida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida o‘n kishi jabrlandi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Mojaro turli etnik guruhlar o‘rtasida yuzaga kelganligi ma’lum qilinmoqda. Shundan so‘ng qarama-qarshilikka politsiya aralashishga majbur bo‘ldi. Ular tartibsizlik ishtirokchilariga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va dubinka qo‘llagan.

Tartibsizliklar oqibatida yong‘in yuzaga kelgan, u butun lagerga tarqalib, uni butunlay yo‘q qilgan.

OAVlarining ma’lum qilishicha, lagerda 1,5 ming qochoq — afg‘on va kurdlar yashab, ular La-Mansh orqali Buyuk Britaniya hududiga o‘tishni rejalashtirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют