» » Oliy sud karantin davrida qaysi toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish davom ettirilishini ma’lum qildi

Oliy sud karantin davrida qaysi toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish davom ettirilishini ma’lum qildi


Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi. Oliy sud matbuot xizmati karantin davrida qaysi toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish davom ettirilishini ma’lum qildi.

Oliy sud rayosatining 2020-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, quyidagi ishlarni ko‘rish davom ettiriladi:

Shuningdek, sudlar sud buyrug‘i tartibidagi ishlarni ham ko‘rishi mumkin. Fuqarolar hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborishi tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, ko‘rib chiqilish uchun tayinlangan ishlar qoldirilgani sababli ularni ko‘rilishga qayta tayinlangan vaqti bo‘yicha sud majlisi ishtirokchilariga alohida xabar qilinadi.

Avvalroq karantin sababli onlayn ish rejimiga o‘tgan adliya idoralarida karantin davrida fuqarolar notarial xizmatlardan qanday foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan edi. Shuningdek, koronavirus sababli O‘zbekistonda FHDYo organlarida nikohni qayd etish vaqtincha to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют