» » O‘zbekiston sudlari onlayn-translyatsiya qilishni boshladi

O‘zbekiston sudlari onlayn-translyatsiya qilishni boshladi


Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida 12 ta sinov sudlarida sud majlislarini online.oliysud.uz saytida onlayn-translyatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Yil yakuniga qadar yana 22 sudni, 2019-yil davomida esa 100 dan ortiq sudni tizimga qo‘shish rejalashtirilmoqda.

“Bu chora odil sudlov ochiqligi va shaffofligining mutlaqo yangi darajasiga erishish, shuningdek, sudlar ishida sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan”, — deya ta’kidlaydi Aziz Obidov.

Videoyozuvlar arxivda saqlanadi, ularni sud ish raqami bo‘yicha topish mumkin. Shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilish uchun sud majlislari tomonlar roziligi bilan translyatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, 25-sentabrdan O‘zbekiston Oliy sudining sud.uz, oliysud.uz va supcourt.uz manzillarida faoliyat olib boruvchi yangi interaktiv imkoniyatlari taqdimoti ham o‘tkazildi.

E-SUD tizimi orqali nafaqat sudga hujjatlarni elektron shaklda yuborish, balki ishning ko‘rib chiqish bosqichlarini kuzatib borish va sud qarorlarining elektron nusxalarini olish ham mumkin.

Saytga o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilishga oid 500 ga yaqin namuna joylashtirildi.

Shuningdek, Oliy sud rasmiy internet manbasida shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilish uchun tomonlar roziligi bilan sud qarorlari e’lon qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют