» » O‘zbekiston ma’muriy sudlari birinchi chorakda salkam 90 ming ishni ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston ma’muriy sudlari birinchi chorakda salkam 90 ming ishni ko‘rib chiqdi


Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston ma’muriy sudlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 4783 ishni ko‘rib chiqdi. Bu haqda Oliy sudning rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ishlar, xususan:

Idoraviy normativ-huquqiy aktlarga;

Davlat boshqaruvi organlari hamda ma’muriy-huquqiy faoliyat yuritish vakolatiga ega boshqa tashkilotlar qarorlari va xatti-harakatlariga;

Saylov komissiyalari harakatlari va qarorlariga;

Notarial harakatni amalga oshirishdan bosh tortish va hokazo harakatlarga e’tiroz bildirish bilan bog‘liq.

Shu tariqa, 3416 fuqaroning huquqlari tiklandi.

Shuningdek, hisobot davrida ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy qonunbuzarliklar bo‘yicha 102481 shaxsga nisbatan 84141 ta ish ko‘rib chiqildi.

73394 shaxsga nisbatan ma’muriy jazo tariqasida jarimalar yozildi, shuningdek, maxsus huquqdan mahrum qilish, ma’muriy hibs hamda O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish singari choralar ko‘rildi.

Ma’muriy sudlar Prezidentning 2017-yil 21-fevralidagi farmoni bilan tashkil etilib, o‘sha yilning 1-iyunidan faoliyatini boshlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют