» » Oliy Majlis deputatlari Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodekslari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

Oliy Majlis deputatlari Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodekslari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi


Davomi: O‘zbekiston Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishi Germaniya va Fransiya tajribasi asosida o‘zgartirildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalarini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Deputatlar o‘z ishini “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdan boshladi.

Xabar berishlaricha, bu qonun loyihasi joriy yil 12-aprelda qabul qilingan “‘Sudlar to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sud tomonidan tayyorlangan.

Kodeks loyihasida barcha so‘nggi yangiliklar, shu jumladan, sudlar ishining zamonaviy innovatsion uslublari, sud majlisini audio va video tarzida qayd etish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, iqtisodiy sud ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ro‘yxatini kengaytirish taklif etilmoqda.

Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni, shu bilan birga, yuridik ahamiyatga ega faktlarni belgilash haqidagi ishlarni ko‘rish tartibini nazarda tutuvchi boblar kiritilmoqda.

Nizolarning tezda ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida sudda ko‘rilishga tegishlilikning umumiy qoidasi o‘zgartirilmoqda. Chunonchi, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan da’vo arizalari sudga ularning ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha beriladi, undan tashqari kelishuv tartib-taomillariga bag‘ishlangan yangi bob kiritilmoqda.

Shundan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Deputatlar ushbu qonun loyihasida bir tarafdan, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari hamda boshqa tarafdan — jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilotlar o‘rtasidagi ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ish yuritish tartibini qat’iy belgilaydigan qonun hujjatlari qoidalarini birxillashtirish nazarda tutilayotganligini ta’kidladi.

Majlis ishtirokchilari qayd etganlaridek, bugungi kunda ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari qoidalarini birxillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatni yaratish g‘oyasi o‘ziga xos dolzarb va muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют