» » O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritildi

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

O‘zgarishlar Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 va 112-moddalariga tegishli. Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud amaliyoti sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Oliy sudiga birlashtirildi.

Yangi tizim — O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi joriy etilmoqda. U sudyalar hamjamiyati organi bo‘lib, O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligi konstitutsiyaviy tamoyiliga amal qilinishi ta’minlanishiga ko‘mak beradi.

Sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiy va ma’muriy sudlari, shuningdek, tumanlararo, tuman va shahar iqtisodiy sudlari hamda tuman va shahar ma’muriy sudlari tashkil etildi.

Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Oliy sudini va O‘zbekiston Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, ma’muriy hamda iqtisodiy sudlarni tashkil etish to‘g‘risidagi qoidalar 2017- yil 1-iyundan e’tiboran amalga kiritiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют