» » O‘zbekiston Konstitutsiyasiga sud tizimini takomillashtirishga doir o‘zgartirishlar kiritiladi

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga sud tizimini takomillashtirishga doir o‘zgartirishlar kiritiladi


Norma nashri “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasiga doir tushuntirishlarni e’lon qildi. Uning muallifi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Aliya Yunusovadir.

Prezidentning 2017-yil 21-fevraldagi 4966-son Farmoni 4, 6 va 8-bandlari hamda 2016-yil 21-oktabrdagi 4580-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan boshqa mas’ul vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Konstitutsiyaning 80-moddasiga asosan, Oliy Majlis Senati vakolatiga davlat rahbarining taqdimiga binoan Konstitutsiyaviy sudni, Oliy sudni, Oliy xo‘jalik sudini saylash kiradi.

Mamlakat Asosiy Qonunining 93-moddasiga muvofiq, Prezident parlament yuqori palatasiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va sudyalari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi hamda viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi. Shu bilan birga, sud tizimini amal qilishi bo‘yicha to‘plangan tajribaning o‘rganilishi sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish zaruriyati mavjudligi haqida xulosaga olib keladi. Jumladan, Prezident huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi konstitutsiyaviy davlat organlari tizimida aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.

Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda. Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.

Ma’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy norma, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) va qarorlaridan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlovchi yagona sud mavjud emas.

Yuqorida qayd etilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida:

O‘ylaymizki, ushbu Qonunning qabul qilinishi:

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют