» » O‘zbekistonda tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlik uchun jazo belgilanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlik uchun jazo belgilanishi kutilmoqda


O‘zbekistonda tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlik uchun jazo belgilanishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda har yili 10 mingdan ortiq yolg‘on chaqiruvlar amalga oshiriladi. Bu shifokorlarning behuda vaqtini oladi va tez yordamga muhtoj odam esa bunday vaziyatda aziyat chekishi mumkin.

“Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va sog‘liqni saqlash tizimi bilan hamkorlikda ushbu masala ishlab chiqilmoqda va umid qilamizki, tez kunlarda yolg‘on chaqiruvlar uchun jazo choralari belgilanadi”, — degan Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tez yordam xizmati to‘liq raqamlashtirilib, xorijdan keltirilgan tez tibbiy yordam xizmatida foydalaniladigan 150 ta Ford rusumidagi eng zamonaviy reanimobil topshirilgandi. Viloyatlarda ham shunday bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют