» » Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurash doirasida ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi (foto)

Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurash doirasida ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi (foto)


Toshkent viloyati IIBB tomonidan viloyatda karantin tadbirlari olib borish bilan birgalikda, hududda yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan qariyalar holidan xabar olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda epidemiyaga qarshi kurashish doirasida “Barchasini hamjihatlikda yengamiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyatning 3-sektor hududi, Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida yashovchi 150 dan ortiq ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oila hamda boquvchisini yo‘qotgan qariyalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va sanitariya-gigiyenik vositalari yetkazib berildi.

Ushbu tadbirda viloyat IIBB boshlig‘i boshchiligida sohaviy xizmat rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Hozirda viloyatning barcha shahar-tumanlarida mas’ullar tomonidan shu kabi xayrli tadbirlar davom ettirilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

Avvalroq Namanganda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashayotgan shifokor va hamshiralarning xonadonlari yo‘qlangani haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar hokimligida esa saxovatpesha insonlarning yordamlarini yetkazib berish bo‘yicha markaz tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют