» » OAV: Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tishga rozilik berdi

OAV: Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tishga rozilik berdi


“Borussiya D” hujumchisi Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tishga norasmiy ravishda rozilik berdi, deya xabar qilmoqda Irlandiyaning The Independent nashri.

“Manchester Yunayted” Sanchoga 7-raqamni taqdim etishga va’da bergan va yosh iqtidor egasi jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olmasa ham transferga rozilik bergan.

“Manchester Yunayted” angliyalik hujumchini xarid qilish uchun 130 million yevro sarflashga tayyor.

Ta’kidlanishicha, mankunianliklar Jeydonga shaxsiy shartnoma borasida ham taklif bilan chiqqan. Unga ko‘ra, Sancho ikki yil mobaynida katta o‘sishga erishsa, uning maoshi haftasiga 400 ming funtga yetadi.

20 yoshli futbolchiga “Manchester Siti” va “Liverpul”dan ham qiziqish bor. Biroq Sancho o‘zining chizig‘idagi kuchli raqobat sabab mazkur ikki klubga o‘tish niyatida emas. Avvalroq Sancho Angliyaga qaytish istagida ekani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют