» » O‘zbekiston Eksportni rag‘batlantirish agentligiga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Eksportni rag‘batlantirish agentligiga yangi direktor tayinlandi


Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Ulug‘bek Murodov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

O‘zAning xabar berishicha, Ulug‘bek Murodov hozirgacha mazkur lavozimda 2019-yilning aprel oyidan buyon ishlab kelgan Olimjon Qayumov o‘rnini egalladi.

Lavozimga tayinlangunga qadar Ulug‘bek Murodov Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri eksport qiluvchilarni marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona ma’muriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari bo‘yicha axborot va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют