» » Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

U mazkur tayinlovga qadar joriy yil yanvar oyidan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Avvalgi birinchi o‘rinbosar Sunnatulla Bekenov oldinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangandi.

Laziz Qudratov (1981-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Xosey universitetini (Yaponiya) tamomlagan.

Muqaddam Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, so‘ngra “O‘zinfoinvest” agentligining axborot ta’minoti va xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha direktori bo‘lgan.

2018-yil fevralidan 2019-yil yanvariga qadar Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют