» » Alisher Abdualiyev investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Alisher Abdualiyev investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi


Alisher Abdualiyev O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”.

Tayinlovga qadar — yanvardan — u tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Alisher Abdualiyev (1965-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat universitetining falsafa-iqtisodiyot fakultetini (1989) va O‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetini (2005) tamomlagan.

Turli yillarda u Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha yig‘ma hisobot-tahlil departamenti hamda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil departamentlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i (2008—2012) hamda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimlarida mehnat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют