» » UFC prezidenti Habib va Toni o‘rtasidagi jang 18-aprelda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

UFC prezidenti Habib va Toni o‘rtasidagi jang 18-aprelda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi


UFC prezidenti Deyna Uayt divizion yengil vazni chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang 18-aprel kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

“Men hali hech qanday qaror qabul qilmadim, biroq tez orada barchasini ma’lum qilaman. Ko‘plab jurnalistlarning turgan bitgani #####. Ularga o‘z rejalaring haqida aytishing bilan uni barbod qilishga intiladi.

Men bu yigitlarga endi o‘z rejalarim haqida gapirmasligimni aytdim. Eshitib oling: Habib—Toni jangi 18-aprel kuni mana shu jin urgur sayyorada bo‘lib o‘tadi.

Vaqti kelganda jang qayerda o‘tishini sizlarga aytaman”, — deydi Uayt.

Mavzuga doir: “Har qanday raqib bilan jang qilishga tayyorman, faqat joy va vaqtini ayting” — Habib Nurmagomedov

Avvalroq Habib Rossiya chegaralari yopilgani bois mamlakatdan chiqib keta olmasligi va jang bekor bo‘lish arafasida ekanini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют