» » “Toni Fergyuson 18-aprel kuni men bilan jang qilmaydi” — Habib Nurmagomedov

“Toni Fergyuson 18-aprel kuni men bilan jang qilmaydi” — Habib Nurmagomedov


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov 18-aprel kungi Toni Fergyusonga qarshi jangi bekor qilinishini e’lon qildi.

“Hamma chegaralar yopiq. Butun dunyo karantinda. Hozir menga ma’lumot keldi. Ma’lum bo‘lishicha, UFC AQShning shtatlaridan birida musobaqa o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ekan. Chegaralar yopiq bo‘lganligi uchun men ayni damda Rossiyadan hech qayerga chiqib keta olmayman. Shunday ekan jang mensiz o‘tishi haqida ketmoqda. Qarshi emasman. Mayli buni qoidalarga ko‘ra qilishaverishsin. Sportchilar esa hayot kechirishlari uchun jang qilishlari kerak ekanligini tushunaman. Bilishimcha, Toni Fergyusonning raqibi boshqa bo‘ladi”, — deydi Habib Nurmagomedov Instagram’dagi jonli efir vaqtida. 

Mavzuga doir: “Har qanday raqib bilan jang qilishga tayyorman, faqat joy va vaqtini ayting” — Habib Nurmagomedov

Shu tariqa UFC’ning Habib—Toni jangini tashkil etishga qaratilgan beshinchi urinishi ham samarasiz yakunlanadigan bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют