» » Nurmagomedov—Fergyuson jangi yana bekor qilinadimi? Habib javob berdi

Nurmagomedov—Fergyuson jangi yana bekor qilinadimi? Habib javob berdi


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov 18-aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi jang qilishi kerak. Avvalroq Tonining mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgani aytilgandi. Habib ushbu voqealarga munosabat bildirdi.

“Fergyuson bilan jang yana bekor qilinadimi? Vaqt ko‘rsatadi. Bu juda ham tajovuzkor sport turi. Ammo hech narsa bekor qilinmaydi deb umid qilaman.

Toniga qarshi jang faoliyatimdagi eng muhimi hisoblanadi. U eng qiyin raqibmi? Bunga faqat jangdan so‘ngina javob bera olamiz.

Fergyusondan ko‘ra men ko‘proq bosimdaman. Toni hozir men uchun qog‘ozda bo‘lsa ham eng qiyin sinov bo‘lib turibdi”, — deydi Nurmagomedov.

Ma’lumot uchun, Toni va Habib o‘rtasidagi jang to‘rt marta bekor qilingan. Beshinchi bor tashkil etishga harakat qilinayotgan jang rasman UFC 249 musobaqasi doirasida 18-aprel kuni Nyu-Yorkda o‘tishi belgilangan.

Eng so‘nggi boks/UFC/MMA yangiliklarini @UFCBOXUZ Telegram kanalida kuzatib boring!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют