» » “Ayaks” koronavirus sabab Abdulhaq Nuri bilan shartnomani bekor qildi. U salkam 3 yillik komadan so‘ng o‘ziga kelgandi

“Ayaks” koronavirus sabab Abdulhaq Nuri bilan shartnomani bekor qildi. U salkam 3 yillik komadan so‘ng o‘ziga kelgandi


“Ayaks” klubi yarim himoyachi Abdulhaq Nuri bilan shartnomani bekor qildi, deya xabar qilmoqda De Telegraaf.

“Ayaks” futbolchisi 2017-yilning 8-iyulida “Verder”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida hushidan ketib miyasidan jiddiy jarohat olgandi. Avvalroq Nuri 2 yil-u 8 oydan so‘ng koma holatidan chiqdi. Klub bu vaqt davomida futbolchining maoshini to‘liq to‘lab kelgan. “Ayaks” Nuriga 2020-yil oxirigacha maosh to‘laydi.

Manbada ta’kidlanishicha, agar klub bu yo‘lni tutmaganda futbolchi bilan amaldagi shartnoma 1-iyuldan avvalgi shartlar asosida avtomatik tarzda uzayib ketardi.

Qayd etilishicha, “Ayaks” bu harakat orqali koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz paytida xarajatlarni kamaytirmoqchi. Biroq “Ayaks” Nurining oilasi bilan muzokara olib bormoqda va kelajakda uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют