» » O‘zbekistonda transport vositalaridan maxsus ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonda transport vositalaridan maxsus ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima miqdori ma’lum qilindi


Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek, viloyatlar markazlarida 2020-yil 30-mart kunidan 20-aprelga qadar transport vositalari harakatlanishiga faqat maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida ruxsat berilishi haqidagi qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida 31-martdan boshlab ushbu qarorni buzayotgan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh boshqarma tomonidan qayd etilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga binoan, huquqbuzarlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha (fuqarolarga) va 30 baravaridan 50 baravarigacha (mansabdor shaxslarga) miqdorda jarima solinishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Eslarib o‘tamiz, shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda, onlayn rejimda rasmiylashtirilmoqda. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, maxsus ruxsatnoma olish uchun BMW X7, Mercedes, Lexus, Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker kabi mashinalar egalaridan “kuryerlikni amalga oshirish” maqsadida arizalar kelib tushmoqda.

Avvalroq Andijon viloyatida maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirgan shaxslar ushlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют