» » DXA 1-aprelgacha shaxsiy avtomobillardan ruxsatnomasiz foydalanish mumkinligini rad etdi

DXA 1-aprelgacha shaxsiy avtomobillardan ruxsatnomasiz foydalanish mumkinligini rad etdi


O‘zbekistonda 30-mart kuni soat 6:00 dan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida maxsus stiker (ruxsatnomasiz) avtotransportni boshqarish taqiqlanishi e’lon qilingan edi. 30-mart kuni Toshkentdagi ayrim Davlat xizmatlari markazlari va Xalq qabulxonalarida 1-aprelga qadar ruxsatnomasiz avtomobilda yurishga ruxsat berilgani haqida e’lonlar paydo bo‘ldi.

E’lonlarda ko‘rsatilishicha, maxsus stiker (ruxsatnoma) olish jarayoni Yagona portal — “My.gov.uz” orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar yo‘llagan videoxabarlarda Toshkentdagi DXM va Xalq qabulxonalari oldida to‘planganlarga mas’ullar taqiq hozircha amal qilmasligi, bemalol avtomobilda harakatlanish mumkinligi aytayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu xabarlarni Davlat xizmatlari agentligi rad etib chiqdi. Ma’lum qilishlaricha, “Davlat xizmatlari markazlariga joylashtirilgan maxsus ruxsatnoma berish 1-aprelga qadar talab etilmasligi haqidagi e’lon... rasmiy asosga ega emas”. Alohida qayd etishlaricha, “hozirda ushbu e’lon markazlardan olib tashlangan”.

O‘z navbatida, IIV matbuot xizmati shaxsiy avtomobillarda harakatlanish bo‘yicha avval e’lon qilingan tartibga doir hech qanday o‘zgarish bo‘lmagani, maxsus stiker (ruxsatnoma)siz harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilari 30-mart kuni soat 6:00 dan boshlab ma’muriy javobgarlikka tortilayotganini “Daryo”ga ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют