» » Vladimir Putin bir hafta avval tashrif buyurgan shifoxonaning bosh shifokorida koronavirus aniqlandi

Vladimir Putin bir hafta avval tashrif buyurgan shifoxonaning bosh shifokorida koronavirus aniqlandi


Rossiya poytaxti Moskva shahri yaqinida joylashgan Kommunarka aholi punktidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlandi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Interfaks”ning yozishicha, mazkur ma’lumotni tibbiy muassasa tasdiqlagan. Ayni paytda bosh shifokorning ahvoli qoniqarli ekanligi hamda u o‘zi rahbarlik qiladigan shifoxonada ekanligi ma’lum qilingan.

Meduza’ning yozishicha, bosh shifokorning kasallanganligi sababli Kommunarkada qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘riladi.

Yangi Moskva okrugida joylashgan Kommunarkadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi koronavirusga chalinganlarni birinchi bo‘lib qabul qilgan tibbiy muassasalardan biri hisoblanadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-mart kuni mazkur shifoxonaga tashrif buyurgan va bosh shifokor Denis Protsenko bilan muloqot qilgan. Vladimir Putin mazkur shifoxonaga tashrifi chog‘ida sariq himoya kostyumi kiyib olgan edi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bosh shifokorda koronavirus aniqlangani haqidagi xabarga munosabat bildirgan hamda prezidentda doimiy ravishda tekshiruv o‘tkazilishi va unda hammasi joyida ekanligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Rossiyada koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test hamda koronavirusga qarshi kurash uchun 3 turdagi dori ishlab chiqilgani ma’lum qilingan edi. Moskvaning barcha aholisi uchun uy sharoitida izolyatsiyalanish rejimi joriy etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют