» » Rossiya hukumati apparatining xodimida koronavirus aniqlandi

Rossiya hukumati apparatining xodimida koronavirus aniqlandi


Rossiya hukumati apparatining xodimlaridan birida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur xodimning tahlil natijasi ijobiy chiqqan, biroq u kasallikni belgilarsiz o‘tkazmoqda hamda 26-martdan boshlab ishga chiqmagan.

Rossiya bosh vazirining matbut kotibi Boris Belyakov hukumat apparati xodimlaridan biri koronavirusga gumon qilinayotganini tasdiqlagan. Uning tahlil natijalari qo‘shimcha tekshiruv uchun jo‘natilgan. Xodimning o‘zi karantinga, u bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar nazoratga olingan.

Ta’kidlanishicha, Rossiyda koronavirus yuqtirganlar soni 840 kishiga yetgan, ikki kishi kasallikdan vafot etgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25-mart, chorshanba kuni, koronavirus pandemiyasi bo‘yicha murojaat qildi hamda 30-martdan 3-aprelgacha bo‘lgan muddatni mamlakatda ishlanmaydigan hafta deb e’lon qildi.

Mavzuga doir: Putinning sariq rangli himoya kostyumi tarmoqlarda turli memlarga sabab bo‘ldi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют