» » Kremlda Putinni koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi

Kremlda Putinni koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi


Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning atrofida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovnig so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

“Gap Rossiyaning istalgan fuqarosi qilishi mumkin bo‘lgan gigiyenik choralar haqida ketmoqda”, — deydi Peskov.

U shuningdek, Moskvada koronavirus tarqalishi keskin tezlashlagani qayd etilmaganini ham qo‘shimcha qilgan.

Fevral oyi oxirida Italiyadan qaytgan erkakda koronavirus topilganligi 2-mart kuni ma’lum bo‘ldi. U shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so‘ng u kasalxonaga davolanish uchun joylashtirilgan. Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus aniqlangandan so‘ng, 85 kishi karantinga olingani, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: 

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni esa 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335) ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyoning 64 davlatida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: Tarmoqlarda Moskvada 20 ming odam koronavirus bilan kasallangani haqida feyk xabarlar tarqaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют